Samsung FG87SSTR Manuale Utente Pagina 111

  • Scaricare
  • Aggiungi ai miei manuali
  • Stampa
  • Pagina
    / 144
  • Indice
  • SEGNALIBRI
  • Valutato. / 5. Basato su recensioni clienti
Vedere la pagina 110
O’zbek - 3
01
XAVFSIZLIK BO’YICHA KO’RSATMALAR
Bu qurilma faqat ro'zg'orda ishlatishga mo'ljallangan, uni
quyidagi joylarda ishlatmang:
do'kon, idora yoki boshqa ishxonalarda xodimlar
oshxonasida;
og'ilxonalarda;
mehmonxona va boshqa yashash joylarida mijozlar
tomonidan;
to'shak va nonushta turidagi mehmonxonalarda.
Faqat mikroto'lqinli pechlarda foydalanish uchun xavfsiz
bo'lgan idishlardan foydalaning.
Plastik yoki qog'oz idishlardagi taomlarni isitganda yonib
ketish xavfi mavjudligi tufayli ehtiyot bo'ling.
Bu mikroto'lqinli pech taomlar va ichimliklarni isitish
uchun mo'ljallangan. Taomlar yoki kiyimlarni quritish va
yostiqchalar, shippaklar, gubkalar, nam kiyimlar kabilarni
isitish jarohat olish, uchqun chiqishi yoki yong'in xavfining
vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.
Tutun chiqsa, qurilmani o'chiring yoki elektr tarmog'iga
ulash kabelini rozetkadan sug'uring va har qanday
alangani o'chirish uchun eshikchani ochib qo'ying.
Ichimliklarni mikroto'lqin yordamida isitish natijasida
qaynab, otilib ketishi mumkin, shuning uchun idishlarni
ushlashda ehtiyot bo'lish lozim.
Ovqatlantirish uchun butilka va bolalar ozuqalari uchun
bankalarning ichidagilarni aralashtirish yoki silkitish hamda
kuyishning oldini olish uchun iste'mol qilishdan avval
haroratini tekshirib ko'rish kerak.
Butun tuxum va qotirib pishirilgan tuxumni mikroto'lqinli
pechda isitib bo'lmaydi, chunki ular hattoki isitish jarayoni
tugagandan keyin ham mikroto'lqinli pech ichida portlab
ketishi mumkin.
Pechni muntazam ravishda tozalab turish va har qanday
taom qoldiqlarini olib tashlash lozim.
Pechni toza holatda saqlamaslik uning sirtining buzilishiga
olib kelishi mumkin, bu esa qurilmaning xizmat qilish
muddatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va xavfli holatlarga olib
kelishi mumkin.
Jihoz faqat ichki o'rnatib ishlatish uchun mo'ljallangan.
Jihozni shkaf ichiga qo'yib bo'lmaydi.
Mikroto'lqin yordamida pishirishda taom va ichimliklarni
metall idishlarga solish mumkin emas.
FG87SSTR_BWT_DE68-04371A-02_RU+UK+KK+UZ.indb 3 2017-12-11  12:07:56
Vedere la pagina 110
1 2 ... 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 ... 143 144

Commenti su questo manuale

Nessun commento