Samsung GE83XR Manuale Utente Pagina 121

  • Scaricare
  • Aggiungi ai miei manuali
  • Stampa
  • Pagina
    / 128
  • Indice
  • SEGNALIBRI
  • Valutato. / 5. Basato su recensioni clienti
Vedere la pagina 120
25
O'ZBEK
Barcha yangi uzilgan sabzavotlar mikroto’lqinli pechning to’liq quvvati bilan (800
Vt) tayyorlanishi kerak.
Taom Porsiya
miqdori
Vaqt
(daq.)
Ushlab
turish
vaqti
(daq.)
Ko’rsatmalar
Brokkoli 250 g 4-4½ 3 Taxminan bir xil o’lchamdagi to’pgullar
tayyorlang. To’pgullarni poyallari bilan
taomning markaziga joylashtiring.
500 g 7-7½ 3
Bryussel
karami
250 g 5½-
3 60-75 ml (5-6 osh qoshiq) suv qo’shing.
Sabzi 250 g 4½-5 3 Sabzini bir xil o’lchamlarda to’rg’ang.
Gulkaram 250 g 5-5½ 3 Taxminan bir xil o’lchamdagi to’pgullar
tayyorlang. Katta to’pgullarni ikkiga
bo’ling. To’pgullarni uchlari bilan taomning
markaziga joylashtiring.
500 g 8½-9
Qovoqchalar 250 g 3½-4 3 Qovoqchalarni mayda qilib to’rg’ang. 30 ml
(2 osh qoshiq) suv yoki bir bo’lak sariyog’
qo’shing. Yumshoq bo’lgunicha tayyorlang.
Baqlajon 250 g 3½-4 3 Baqlajonni mayda qilib to’rg’ang va 1 osh
qoshiq limon sharbati seping.
Porey piyozi 250 g 4½-5 3 Porey piyozini mayda qilib to’rg’ang.
Qo’ziqorin 125 g 1½-2 3 Mayda butun va maydalangan
qo'ziqorinlarni tayyorlang. Suv qo'shmang.
Limon sharbati seping. Tuz va murch
qo’shing. Dasturxonga tortishdan avval
suyuqlikni to'kib tashlang.
250 g 3-3½ 3
Piyoz 250 g 5½-6 3 Piyozni to’rg’ang yoki ko’ndalangiga
kesing. Faqat 15 ml (1 osh qoshiq) sovuq
suv qo’shing.
Garmdori 250 g 4½-5 3 Garmdorini mayda qilib to’rg’ang.
Kartoshka 250 g 4-5 3 Tozalangan kartoshkani torting va taxminan
bir xil o’lchamlarda qilib ikkiga yoki to’rtga
bo’ling.
500 g 7½-
3
Bryukva 250 g 5-5½ 3 Bryukvani mayda qilib to’rg’ang.
TAOMNI ISITISH
Mikroto’lqinli pechingizda taomlarni oddiy duxovka yoki oshxona pechiga
qaraganda anchagina tezroq isitish mumkin. Keyingi sahifadagi jadvalda
keltirilgan quvvat darajalari va isitish vaqt oraliqlariga amal qiling. Vaqt
oraliqlari taxminan +18 °C dan +20 °C gacha bo’lgan xona haroratiga ega
bo’lgan suyuqliklar va harorati taxminan +5 °C dan +7 °C gacha bo’lgan
sovutilgan mahsulotlar uchun ko’rsatilgan.
Taomlarni joylashtirish va qopqoqdan foydalanish
Katta o'lchamlarga ega bo'lgan taomlarni, masalan, yirik go'sht bo'laklarini
isitishga urinmang, chunki ularning tashqarisi quriydi va markazlari isimaydi.
Kichkina bo'laklarni isitish tavsiya qilinadi.
Quvvat darajalari va aralashtirish
Ayrim mahsulotlarni 800 Vt quvvatda isitish mumkin bo’lsa, boshqalarini
600 Vt, 450 Vt va hattoki 300 Vt quvvatda isitish kerak bo'ladi. Qo’shimcha
ko’rsatmalar olish uchun jadvalga qarang. Umuman olganda, kamroq
quvvatda juda tez isiydigan tansiq taomlar, katta miqdordagi taomlar va
ovqatlarni isitish qulay (masalan, shirin piroglar). Eng yaxshi natijalarga ega
bo’lish uchun taomlarni aralashtirib turing yoki isitish vaqtida ag'daring.
Iloji bo’lsa dasturxonga tortishdan avval yana aralashtiring. Suyuqliklar va
bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Suyuqlikning qaynab
ketishi va kuyib qolishini oldini olish uchun isitish vaqtida va isitgandan
keyin uni aralashtiring. Uni kutish vaqtida mikroto’lqinli pechda qoldiring.
Suyuqlikka plastmassa qoshiq yoki shisha tayoqchani solish tavsiya qilinadi.
Ortiqcha qizib ketishiga yo’l qo’ymang (bunda taom buzilishi mumkin).
Kamroq isitish vaqtini o’rnatish, keyin esa zarur bo’lgan hollarda vaqt
qo’shish ma’qulroqdir.
Isitish va kutish vaqti
Taomni ilk marta isitganda keyinchalik foydalanish uchun isitgani kerak
bo'lgan vaqtni yozib qo'yish foydalidir. Taomning to'liq isiganligini albatta
tekshiring. Isitgandan keyin ma'lum vaqt kuting. Shu vaqt davomida
taomning barcha qismlaridagi harorat tenglashadi. Agar ro’yxatda boshqa
qiymat ko’rsatilmagan bo’lsa, kutish vaqti 2-4 daqiqani tashkil qiladi.
Suyuqliklar va bolalarning ovqatlarini isitishda ayniqsa ehtiyot bo'ling. Yana
"Ehtiyot choralari" bo’limiga qarang.
GE83XR_BWT_DE68-04056A-04_UZ.indd 25 2014-07-16  7:04:36
Vedere la pagina 120

Commenti su questo manuale

Nessun commento